Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida navbatdagi bitiruv kechasi boʻlib oʻtdi va unda Magistrlik diplomlari oʻz egalariga tanatanali ravishda topshirildi

2023/2024 oʻquv yilida Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura bosqichini 7 ta mutaxassislik boʻyicha Milliy gvardiya va Mudofaa, Ichki ishlar, favqulotda vaziyatlar vazirliklaridan jami 64 nafar tinglovchi va 2 nafar talaba bitirdi.
Oʻquv yili davomida tinglovchilar tomonidan Jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida bugungi kunda dolzarb boʻlgan magistrlik dissertatsiyasi mavzulari boʻyicha izlanishlar olib borildi. Tinglovchilarning har birini kamida 5 ta ilmiy maqolasi, 5 ta tezislari ilmiy-amaliy respublika va xorij jurnallarida va toʻplamlarida nashr etildi.
Mashgʻulotlar asosan amaliyot bilan bogʻlagan holda olib borildi. Xususan, amaliy mashgʻulotlar respublika Oliy sudi, Toshkent shahar va tuman sudlarida, respublika prokuraturasida, IIV kriminalastik poligonlarida, Mudofaa vazirligining harbiy poligonlarida, Milliy gvardiya markiziy devoni va Toshkent shahar va viloyat boshqarmalarida, Milliy gvardiya qoʻriqlash boshqarmasida soha mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Safda turgan magistratura bitiruvchilariga oʻtgan davr mobaynida tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan mutaxassisliklar boʻyicha zamonaviy moddiy-texnik baza asosida taʼlim-tarbiya berildi. Universitetda tahsil olish jarayonida ularni yuksak professional tayyorgarlikka, eng ilgʻor innovatsion bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlariga, xorijiy tillarni oʻrganishlariga alohida ahamiyat berildi. Natijada bitiruvchilarning harbiy va huquqiy bilim va koʻnikmalari yuksalish bilan birga, ularning qalbida yanada vatanparvarlik, sadoqat va matonat tuygʻulari shakllandi.
Tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexqonovich soʻzga chiqib, magistratura tinglovchilarini Universitet magistraturasini tamomlaganliklari, magistr degan sharafli nomga sazovor boʻlganliklari bilan samimiy muborakbod etdi. Soʻngra harbiy orkestr sadolari ostida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi.
Shundan keyin bitiruvchilarga magistrlik diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni, kuch tuzilmalari maʼsul rahbarlari, Universitet professor-oʻqituvchilari va magistraturani bitiruvchi tinglovchilar soʻzga chiqib, bitiruvchilarni unutilmas bayram bilan tabriklashdi.
Bitiruv kechasiga taklif etilgan tinglovchilarning oila aʼzolari va yaqinlari koʻzlarida quvonch va xursandchilik tadbirni kuzatib borishdi. Ayniqsa Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli xonandalarining bayramona konsert dasturi ularga juda ham manzur boʻldi.
Magistrlik diplomini olgan harbiy xizmatchi va xodimlar endi maʼsuliyatli lavozimlarda xizmat vazifalarini davom ettirishadi.

Text to speech