Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Ma'naviyat va ma'rifat markazida “Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitoblar jamlanmasining taqdimoti o‘tkazildi.  

 

Joriy yilda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan Milliy gvardiya o‘rtasida hamkorlikning istiqbolli rejalari yuzasidan memorandum imzolanib, unga asosan Milliy gvardiya bo‘linmalarida shaxsiy tarkib ishtirokida bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan “O‘zbekiston tarixi” telekanali hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamkorligida tayyorlangan “Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitoblar jamlanmasining ilk taqdimoti Milliy gvardiya Ma'naviyat va ma'rifat markazida tizimdagi yoshlar bilan birgalikda o‘tkazildi.
Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S. Mamayusupov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari O. Xasanov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O. Abdullaeva va mazkur kitobni jamlashda qatnashgan ijodkorlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan ushbu kitob insonning ruhiy ozuqa manbai, qalbni poklashi, fikrni ravshan qilishi va dunyoqarashni kengaytirishiga alohida urg‘u berildi.
Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, “Ma'naviyatsiz jamiyat – tomiri qurib borayotgan daraxtga o‘xshaydi”. Kitob insonni intizomli qiladi. Nafsni yengishga va kattani hurmat, kichikni izzat qilishga o‘rgatadi. Kitob o‘qigan kishi qonunlarga itoat qilish kerakligini anglaydi.
Taqdimot qilinayotgan mazkur kitobning ham yoshlar tarbiyasida muhim o‘rini bo‘lib, ushbu kitob yoshlar uchun ibrat maktabi, kattalar uchun esa fikr-mulohaza manbai bo‘lib xizmat qiladi. Uning sahifalarida olib borilgan g‘oyaviy-tarbiyaviy yo‘nalishlar bugungi kunning dolzarb masalalariga javob bo‘la oladi.
Kitob 8 ta tilda chop etilgan bo‘lib, unda QR havola orqali ma'lumotlarni eshitish va ko‘rish imkoniyati mavjud.
Tadbirning yana bir ahamiyatli jihati shunda bo‘ldiki, mamlakatimizda haftaning har juma kuni Milliy liboslar kuni hisoblangani bois, aksariyat ishtirokchilar ushbu kitobni milliy liboslarda qarshi olishdi. Taqdimot davomida Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli xonandalari o‘zlarining dilga xush yoquvchi navolari bilan kechaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Zero, barchamizga ma'lum haqiqat borki, kitobni targ‘ib qilish – ma'naviyatni targ‘ib qilishdir. O‘tkazilgan ushbu tadbir ham harbiy xizmatchilar, ularning oila a'zolari qalbida kitobga muhabbat uyg‘otish, ma'rifatga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirishga xizmat qildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Text to speech