Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVARDIYA TIZIMIDA O‘TKAZILGAN “BAXSHICHILIK SAN’ATI” RESPUBLIKA TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Surxondaryo viloyatida Milliy gvardiya tizimida o‘tkazilgan "Baxshichilik san’ati" tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi. Shu munosabat bilan, Termiz shahridagi “San’at saroyida” g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i M.Zikirova, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Z.Bo‘ronov hamda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mutasaddi rahbarlari ishtirok etdilar. Aytish kerakki, ikki kun davom etgan “Baxshichilik san’ati” ko‘rik tanlovi, sohadagi san’atsevar xodimlarning iste’dodlarini namoyon etishlariga xizmat qildi. Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar, o‘z hududlarining milliy urf-odatlari, qadriyatlari va san’atini ko‘rsatib berdilar.

Baxshichilik san’atini asrab-avaylash va keng targ‘ib qilish, tizim harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan ko‘rik tanlov, ko‘plab yangi baxshilarni kashf etdi. Do‘mbira sadosi ostida yangragan dostonlar, ijro etilgan milliy kuy-qo‘shiqlar ko‘ngillarga xushnudlik bag‘ishladi. Har bir ishtirokchilarning chiqishlari O‘zbekiston Xalq baxshilari hamda madaniyat mutaxassislari tomonidan baholab borildi.

Tanlovda ishtirokchilar cholg‘u asboblarida kuy chalish va dostonlardan termalar ijro etish shartlari bo‘yicha bellashdilar. Qatnashchilarning to‘plagan ballariga ko‘ra tanlov g‘oliblari aniqlandi. Unga ko‘ra, 1-o‘rinni Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi kapitan E.Xurramov egallab, birinchi darajali diplom hamda 5 000 000 so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi. 2-o‘ringa Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi safdor xodimi Q.Sooddinov loyiq deb topilib, ikkinchi darajali diplom va 3 000 000 so‘m pul mukofoti sohibi bo‘ldi. 3-o‘ringa esa Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi safdor xodimi Sh.Komilov munosib deb topilib, uchinchi darajali diplom va 2 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi” nominatsiyasi bo‘yicha ham faol ishtirokchilar aniqlanib, ular 1 000 000 so‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Barcha ishtirokchilarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari tuhfa etildi. Shundan so‘ng, marosim qatnashchilari, diltortar baxshiyona termalar, dostonlar tinglab milliy san’atimiz jozibasidan yana bir bor bahramand bo‘ldilar. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir, kuy-qo‘shiq va raqslarga ulanib ketdi. Baxshichilikni harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularning qalbida bu betakror san’at turiga mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, mohir ijrochilarni aniqlash va munosiblarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlov, barchada ulkan taassurot qoldirdi.

Text to speech