Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida "Yo‘l harakati xavfsizligi oyligi" munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Kuni kecha Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi va “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati shaxsiy tarkibi bilan "Yo‘l qoidasi-umr foydasi" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Mashg‘ulotni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Ichki Ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati yetakchi mutaxassisi taklif etildi.
Tadbirda dastlab, soha mutaxassisi tomonidan yangi kiritilgan yo‘l belgilari va maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgarishlar borasida maʼlumotlar berildi. Uchrashuv davomida mashg‘ulot rahbari harbiy xizmatchilarning savollariga keng va to‘liq javob berib o‘tdi.
Mashg‘ulot so‘ngida hujjatli film namoyish etilib, barcha shaxsiy tarkibni yana bir bor ehtiyotkorlikka chorladi.