Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi kurash bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi!
Joriy yilning 7-11 sentyabr kunlari Namangan viloyatida erkaklar va ayollar o‘rtasida Belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Dilafro‘z Mamajonova 76 kg vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!