Kuch tuzilmalarining kinologiya sohasidagi hamkorligi // "Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi"da huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda // Xorazmda Qizil kitobga kiritilgan qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi // Mahallalar kesimida mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish borasida hamkorlikdagi manzilli targʻibot tadbirlari davom ettirilmoqda // Nurafshon shahrida joylashgan Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hududida "Ot sporti maydoni" majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda harbiy vatanparvarlikga ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchilari hamda tizim faxriylari ishtirok etishdi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Milliy gvardiya tashabbusi bilan «Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi // 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Respublikamiz boʻylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida telemuloqotlar tashkillashtirildi // Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasida “Yotoqxona, oshxona va xizmat koʻrsatish binolari” shuningdek, Jizzax shahar Qoʻriqlash boʻlimi “Maʼmuriy binosi”ning tantanali ochilishi Gvardiyachilarga bayramona tuhfa boʻldi // Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bugun, Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Men g‘olib” shiori ostida yugurish musobaqasi tashkil etildi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Poytaxtimizning Amir Temur xiyoboni boʻylab “Otlar paradi” boʻlib oʻtdi // Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

 

Ўз O'z Ру En

MINGLAB YoSHLARNI BIRLASHTIRGAN “SHON-SHARAF” RESPUBLIKA HARBIY FESTIVALI

Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida xizmat qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlab ilk bor “Shon-sharaf” respublika harbiy festivali bo‘lib o‘tdi. Mingdan ortiq yoshlar ishtirok etgan mazkur festival O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari bilan hamkorlikda tashkillashtirildi.

Festivalda dastlab yoshlar qahramon o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova va uning sadoqatli kelinlari sharafiga o‘rnatilgan “Matonat madhiyasi” majmuasi poyiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Faxriy qorovul bo‘linmasi harbiy xizmatchilari hamrohligida gulchambarlar qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi.

Tadbir davomida oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari hamda Toshkent “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining saf yurishlari namoyish etildi. Festivalning ikkinchi qismi “Shon-sharaf” muzeyida davom ettirildi. Unda faxriylar yoshlarga harbiy xizmatdagi yutuqlari va hayot yo‘llari haqida so‘zlab berishdi. Uchrashuv so‘ngida yoshlar muzey bo‘ylab sayohat qilib, bir olam taassurotlar olishdi.

Festivalning yakuniy qismida konsert dasturi namoyish etildi. Bayramona xush kayfiyatda o‘tgan tadbir avvalida Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova so‘zga chiqib, Ikkinchi jahon urushida o‘zbek xalqining g‘alabaga qo‘shgan hissasi, jasorati, matonati haqida so‘zladi. Yoshlarni tinchlikning qadriga yetishga, mana shunday dorulomon kunlarga yetib kelishimizga sababchi bo‘lgan qahramon ota-bobolarimizga munosib avlod bo‘lishga chorladi. Konsert dasturi davomida Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘quvchilari ijrosidagi musiqali chiqishlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, harbiy sanʼatkorlar va taniqli estrada xonandalari ijrosida sho‘x kuy-qo‘shiqlar yoshlar uchun havola etildi.

Text to speech