Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MOSKVA ShAHRIDA OT SPORTINING KONKUR YO‘NALISHI BO‘YICHA BO‘LIB O‘TGAN “EVROOSIYO KUBOGI” XALQARO TURNIRIDA O‘ZBEKISTON CHAVANDOZLARI OLTIN MEDALNI QO‘LGA KIRITDI

Joriy yilning 7-10 oktyabr' kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan "Maxima stables" Ot sport klubida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha YevroOsiyo kubogi bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi chavandozlari munosib ishtirok etib, musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi.
Mazkur xalqaro musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, Bekzod Qurbonov "King Kornet L" laqabli oti bilan musobaqaning mutloq chempioni deb topildi. Shuningdek, Milliy gvardiya ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchi chavandozlari Umid Kamilov “Nero Uno Rafael” laqabli otida faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medal' sohibi bo‘lgan bo‘lsa, A'zam Tolibboev o‘zining “Ledi” laqabli oti bilan xalqaro sportchilar o‘rtasida faxrli to‘rtlikdan joy oldi.
Chavandozlarimizning qo‘lga kiritgan ushbu natijalari halqaro turnirda yuqori baxolandi.
Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib, sportchi chavandozlarimizning erishgan ushbu g‘alabasi va zafarli natijalari bilan samimiy muborakbod etamiz.

Text to speech