MUNOSIB TAQDIRLOV
Joriy yil 16 fevral kuni soat taxminan 20:30 larda Namangan shahar, Davlatobod tumanida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ushbu hudud orqali o‘tgan Shimoliy Farg‘ona kanalida oqib kelayotgan nomaʼlum shaxsni ko‘rib qoladi. Shunda kichik serjant A.Jo‘rayev tezkorlik bilan suvga sakrab, hamkasblari bilan birga fuqaroni suvdan olib chiqadi.
O‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam natijasida fuqaroning hayoti saqlab qolindi.
Kichik serjant A.Jo‘rayevning o‘z burchiga bo‘lgan fidoyiligi va ko‘rsatgan jasorati Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev tomonidan alohida eʼtirof etilib, munosib taqdirlandi.