Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I”

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi shaxsiy tarkibi hamda markazda taʼlim olayotgan tinglovchilari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar bayroqning kelib chiqish tarixi, mustaqil vatanimiz bayrog‘ining yaratilish tarixi, buguni va hozirda dunyo arenalarida, BMT bosh qarorgohi binosi oldida hilpirab turgani, sportchilar, olimlar hamda boshqa kasb egalari dunyoda o‘z yurti bayroqlarini hilpiratgan vaqtda inson qalbi g‘ururga to‘lishini aytib o‘tdilar.

Shoir Bobur Bobomurod Davlat ramzlari, vatanparvarlik ruhidagi aytgan sheʼrlari tadbir qatnashchilarida juda iliq taassurot qoldirdi.

Tadbirdan so‘ngida Tashrif buyurgan mehmonlar O‘quv markazning taʼlim infratuzilmasi, o‘quv faoliyati va jarayonlari, sinf xonalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va harbiy tuzilmalar uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi hamda amaliy balandlik ishg‘ol tayyorgarlik mashg‘ulotlari bilan tanishdilar.

Text to speech