MUSTAHKAM OILA – JAMIYAT POYDEVORI
Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasida Xotin-qizlar kengashi va Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamkorligida harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari bilan “Mustahkam oila – jamiyat poydevori” mavzusida seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi.
O‘tkazilgan mashg‘ulotda boshqarma psixologlari va mutasaddi rahbarlar tomonidan oiladagi maʼnaviy-ruhiy muhitning kelajak avlodga taʼsiri, oilada yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarda qanday yo‘l tutish, oilaviy munosabatlarning muqaddas ekanligi va er-xotinning bir-birga nisbatan huquq va burchlari, sog‘lom oila qurishning bir qator omillari borasida ochiq suhbat qurildi.
Shu bilan bir qatorda ruhiy zo‘riqishni yengishning turli xil o‘yin ko‘rinishlari psixologik trening mobaynida amalda ko‘rsatib, tushuntirildi.
O‘zlarida mavjud muammolar bilan o‘rtoqlashgan tadbir ishtirokchilariga mutaxassislar tomonidan qimmatli maslahatlar berildi.