O‘Z NAFSINING QULIGA AYLANGAN AYOL
Samarqand viloyatida olingan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya va Bulung‘ur tuman IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Bulung‘ur tumanida joylashgan MMT muassasalaridan birining mudirasi (Bulung‘ur tumanida yashovchi 1974 y.t.) fuqaro M.A. xizmat mavqeidan foydalangan holda ushbu tumanda yashovchi fuqaro Q.D.ni MTTga tarbiyachi yordamchisi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 200 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqaro M.A.ga nisbatan O‘z.Res.JKning 210-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.