Ozarbayjon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Shahin Mamedovning O‘zbekistonga tashrif buyurdi // Togʻ bagʻrida dam oluvchilarning masʼuliyati // Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

Konstitutsiyamizning 30 yilligi arafasida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Davlatmiz Rahbarining 2019 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4163-son Qarori asosida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tantanali tadbirda Prezident Administratsiyasi, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, Oliy Majlis va Xavfsizlik kengashi, Vazirlar Mahkamasi mutasaddi rahbarlari, Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, sanʼat va madaniyat arboblari,Toshkent shahar va Yunusobod tuman hokimligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari, hamkor vazirlik va idoralar, shuningdek, Milliy gvardiya huzurida faoliyat olib borayotgan Bolalar psixologiyasi markazi psixologlari, Milliy gvardiya tizimidagi taʼlim muassasalari tinglovchilari, harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etidi.

Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tantanali ochilishi va Bosh Qomusimizning 30 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan ushbu tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev tashrif buyurganlarga qutlov nutqi bilan yuzlandi. Kirish so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan barchani samimiy muborakbod etdi.

Qomusimizning asosiy prinsiplari umuminsoniy qadriyatlarga asoslanishi va ularni hayotga tadbiq etish borasida davlatimiz rahbari boshchiligida katta qadamlar qo‘yilgani, ushbu jarayon bugungi kunda yangi bosqichga ko‘tarilganiga alohida urg‘u berildi.

Shu o‘rinda, hukumatimiz tomonidan bolalar va yoshlarga katta eʼtibor qaratilayotganligi bu yo‘nalishda ham yurtboshimiz tashabbusi bilan shahar va qishloqlarning har bir mahallasida yoshlarning o‘z yetakchisi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. Ushbu yetakchilarning 36 nafari aynan Milliy gvardiya vakillari ekanligi aytilib bu katta masʼuliyat yuklashi bilan birga bildirilgan ishonch ekanligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, taʼlim muassasalarini deinstitutsionalizatsiya qilishda ham sezilarli natijalarga erishilgani, hattoki, bolalarni Oilaviy bolalar uylari bag‘riga, vasiylik yoki homiylikka topshirgach ham Milliy gvardiya tomonidan ushbu bolalarga mehr va eʼtibor berilishi davom ettirilayotgani yodga olindi.

Shu o‘rinda bolalar va tutingan ota-onalarga malakali psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida, yaqinda Bolalar psixologiyasi markazi o‘z faoliyatini boshlagani va mazkur markazning birinchi qavatidan bolalar aeromodellashtirish, robototexnika, IT-texnologiyalari to‘garaklari bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘lgan Yoshlar innovatsion markazi o‘rin olganiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ham yuqorida taʼkidlangan fikrlarning mantiqiy davomi sifatida yoshlar va o‘smirlar uchun ham xizmat qilishi aytilib, til o‘rganish, Milliy raqs va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar mavjudligi taʼkidlandi.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i o‘qib eshittirilib unga ko‘ra sohaga yaqindan ko‘mak berib kelayotgan hamkor vazirlik va idoralarning bir qator mutasaddilari va fahriylar munosib taqdirlandilar. Shu bilan birga, Milliy gvardiyaning uch nafar harbiy xizmatchisiga navbatdagi “polkovnik” harbiy unvoni topshirilib, 10 nafar harbiy xizmatchi va xodimlar "O‘zbekiston Konstitutsiyasinig 30 yilligi" esdalik nishonlari hamda “To‘maris izdoshlari-2022” ko‘rik-tanlovida munosib ishtirok etgan 12 nafar ayol harbiy xizmatchilar “Maʼnaviyat aʼlochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar. To‘rt nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari "Aʼlo xizmatlari uchun" ko‘krak nishonlari, uch nafar harbiy xizmatchi va xodim, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i "O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, besh nafar tizim harbiy xizmatchi va xodimlariga III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, uch nafar faxriy harbiy xizmatchiga esdalik qo‘l soatlari topshirildi.

Tashrif buyurgan mehmonlarning samimiy tilaklaridan so‘ng tantanali tadbir kuy va qo‘shiqlar sadosi ostida davom etib barchaga bayromona kayfiyat ulashdi.

Text to speech