Namangan viloyatida noqonuniy tamaki mahsulotlarining savdosiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 15 mart kuni soat taxminan 07:00larda Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi va IIB xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor reyd tadbiri davomida 1986 y.t fuqaro M.M boshqaruvidagi “Damas” avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, mashina o‘rindig‘iga joylashtirilgan, Respublika hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan 84 blokda jami 840 quti (umumiy qiymati 8 400 000 so‘m) bo‘lgan “MILANO” nomli tamaki mahsulotlarini yashirincha nazorat o‘tkazish maskanidan olib o‘tishga uringanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilmoqda.