Namangan viloyati Chust tumanining chekka hududlaridan biri — Karkidon shaharchasida qo‘l jangi sport turiga ixtisoslashtirilgan “Lochin sport klubi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sport klubining foydalanishga topshirilishi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, qo‘l jangi sport turini ommalashtirish hamda iste’dodli sportchilarni kashf etish va ularning mahoratini yanada oshirishga xizmat qiladi.