Namangan viloyatida o‘g‘rilik jinoyati oldi olindi
Joriy yilning 16 noyabr kuni soat 21:06 da Namangan viloyati Chust tumani “Qo‘riqlash” bo‘limiga kelib tushgan “tashvish” xabariga asosan THG xodimlari qo‘riqlovdagi "Zargarlik buyumlari" savdo do‘koniga yetib borganda xona ichida shubhali shaxsning harakati aniqlandi.
Xodimlar zudlik bilan do‘kon ichiga kirgan va mast holatda bo‘lgan huquqbuzarni qo‘lga olib, tuman IIB Navbatchilik qismiga topshirildi.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida fuqaro JK 105-moddasi 2-qismi bilan muqaddam sudlangan va hozirda ATI bo‘yicha jazo muddatini o‘tayotgan 40 yoshli Z. B ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari Chust tuman IIB tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.