Namangan viloyatida "Uloq ko‘pkari" musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15 oktyabr kuni Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, tuman hokimligi va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Uloq-Ko‘pkari” musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur bellashuvga Namangan viloyatining barcha tumanlaridan, Andijon va Farg‘ona viloyatidan ham malakali chavandozlar tashrif buyurishib, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqa davomida ot sporti ishqibozlari, maktab o‘quvchilari, havaskor va uyushmagan yoshlar tomoshabin sifatida ishtirok etib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi.