Navoiy viloyatida umumiy qiymati 40 mln so‘mdan ko‘p bo‘lgan quvurlarni hujjatlarsiz olib ketishga uringan fuqaro to‘xtatib qolindi
Navoiy viloyatida 27 yanvar kuni soat 17.00 DA Qo‘riqlash xizmati xodimlari “Navoiy azot” AJ ga tegishli bo‘lgan hududda xizmat faoliyatini olib borish vaqtida tegishli hujjatlarsiz umumiy uzunligi 350 m bo‘lgan 300 mm diametrli, qiymati 40 mln so‘mdan ko‘p bo‘lgan 30 dona metall quvurni maxsus texnika yordamida “Howo” rusumli avtomobilga ortayotgan shaxsni ko‘rib qolishgan. Mazkur joyga Qo‘riqlash xizmati xodimlari Navoiy shahar IIO tezkor-tergov guruhini chaqirishgan. Surishtiruv natijasida ushbu shaxs masʼuliyati cheklangan jamiyat ishchisi, Qiziltepa tumanida yashovchi 35 yoshli O. X. ekanligi maʼlum bo‘ldi. Hozirda tergovga qadar tekshiruvlar davom etmoqda.