Navoiy shahrida, doʻkonga oʻgʻirlik qilishga kirgan shaxs qoʻlga tushdi
2 aprel kuni ertalab soat 6:30 da Navoiy shahridagi Markaziy dehqon bozorida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga jalb qilingan Milliy gvardiya xodimlari doʻkonda bir odamni payqashdi.
Doʻkon faqat soat 9:00 da ochilishi va bu vaqtda doʻkonda odam borligi xodimlarda shubha uygʻotdi. Formadagi odamlarni koʻrib, qoʻrqib ketgan shaxs qoʻlida boʻlgan ikki quti shirinlikni tushirib yubordi.
Qoʻlga olingan shaxs 39 yoshli T.R. ekanligi aniqlandi va ichki ishlar boʻlimi xodimlariga topshirildi.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.