Navoiy viloyatida qiymati 63610000 so‘m bo‘lgan tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Joriy yilning 12 fevral kuni Navoiy viloyati bo‘yicha Milliy Gvardiya, IIB, viloyat Bojxona boshqarmasi va Departament xodimlari bilan hamkorlikda olingan tezkor ma’lumotga asosan, Karmana tumanda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida soat taxminan 16:30 larda fuqaro Q.B boshqaruvida bo‘lgan "Isuzi" rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan, aksiz markalari bilan markalanmagan, umumiy qiymati 63.610.000 so‘mlik jami 5750 quti "Milano" va boshqa turdagi tamaki mahsulotlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilmoqda.