Navoiyda bayram shukuhi
Sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni va Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan Oilaviy bolalar uyi farzandlariga bayram tabrigi yuborildi.
Mazkur tabrik Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, harbiy xizmatchilar va Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘qib eshittirilib, bolajonlarga topshirildi.
Tabrikni eshitgan bolajonlar bu kabi sharoitlarni yaratib bergan yurtboshimizga, Milliy gvardiya qo‘mondonligiga va mutasaddi rahbarlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Tabrik yakunida bolajonlarga esdalik sovg‘alari va bayram shirinligi ulashildi.