Navoiy viloyatida noqonuniy ov qilayotgan fuqarolar aniqlandi
Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qo‘shma reyd tadbirlari davomida noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar qo‘lga olindi.
Bundan tashqari huquqbuzarlar ov qilish orqali o‘zlarining jonlarini xatarga qo‘yayotganliklari aniqlanib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi va tushuntirish ishlari olib borildi.
Fuqarolarga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.