“NEXIA” YUKXONASIDAN SIFAT SERTIFIKATIGA EGA BO‘LMAGAN DORI VOSITALARI TOPILDI
Andijon viloyatida olingan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya va viloyat Bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida, Oltinko‘l tumani markazidagi bekatlarning birida to‘xtab turgan, Namangan shahrida yashovchi 1996 y.t. fuqaro B.A. ga tegishli “NEXIA” rusumli davlat raqami 50K725SA bo‘lgan avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasidan uchta karton qutiga joylangan, xorijda ishlab chiqarilgan, sifat sertifikati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, 420 quti “Imudon” yozuvli dori vositalari borligi aniqlandi. Ushbu dori vositalari belgilangan tartibda daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilib hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.