NOQONUNIY OV QILGAN SHAXS JAVOBGARLIKKA TORTILDI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani bo‘yicha olingan xabarga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Milliy gvardiya, Orolbo‘yi tabiatini muhofaza qilish prokuraturasi va Ekologiya qo‘mitasining davlat inspektorlari bilan hamkorlikda reyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida, Qorao‘zak tumani “Madaniyat” OFY hududida ushbu tumanda yashovchi 1996 y.t. fuqaro B.K. boshqaruvidagi davlat raqami 80Q401GA bo‘lgan Damas rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda ovlanishi taqiqlangan 4 dona qirg‘ovul, 1 dona yovvoyi o‘rdak va 2 dona quyon noqonuniy tarzda ovlaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaro B.K.ga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan 2 450 000 so‘m jarima hisoblanib, hozirda Orolbo‘yi tabiatini muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda