Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

NURONIYLARI ARDOQLANGAN YURT

Ikkinchi jahon urushining tugallanganiga va nemis-fashistlari ustidan g‘alaba qozonilganiga 76 yil to‘layotgan bo‘lsa ham, hali-hanuz qonli urush xotiralari yurtdoshlarimizning ongu shuurida saqlanib kelmoqda. Chunki, ushbu qonli jangu jadallarda birgina yurtimizning o‘zidan 500 mingdan ziyod eng sara yigit-qizlar ishtirok etishgan, ularning aksariyat qismi janggohlarda halok bo‘lishgan.  

9 may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan har yili anʼanaviy tarzda Ikkinchi jahon urushi faxriylariga alohida eʼtibor qaratiladi va xotiralarini tinglash uchun tadbir hamda tashriflar uyushtiriladi.

Xususan, kuni kecha Buxoro viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan Buxoro shahar “Mirdo‘stim” ko‘chasida yashovchi Xabib ota Valiyevning holidan xabar olib, urush va mehnat faxriysini yaqinlashib kelayotgan "Xotira va qadrlash kuni" hamda ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 76 yilligi bilan qizg‘in qutlashdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan sabr-bardoshli va matonatli, urush dahshatlarini o‘z boshidan kechirgan, qonli janggohlarda jon olib, jon bergan Habib ota bilan samimiy suhbat qurib, bugungi yorug‘ kunlarga yetib kelishda ko‘rsatgan jasoratlari uchun ularga cheksiz minnatdorchilik bildirildi va urush davrini yodga oluvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Uchrashuv davomida Habib ota sovuq urush yillarini xotirlar ekan, urush davrida o‘zining snayperchi mergan bo‘lganligi, vatan ozodligi uchun kechgan janglarda o‘zbek o‘g‘lonlarining jasorati, ko‘rsatgan qahramonliklari haqida so‘zlab, urushdan keyingi qizg‘in mehnat faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.

Tashrif davomida, faxriyning salomatligi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur maslahatlar berildi.

Uchrashuv so‘ngida, urush qatnashchisi Habib ota tashrifdan minnatdor ekanligini, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetgan holda, uni ko‘z qorachig‘imizdek asrab-avaylash kerakligini alohida taʼkidlab, vatan uchun jonini tikkanlar shaʼniga duo qildi.

Text to speech