NUROTA ZIYORATGOHIGA SAYR TASHKIL ETILDI
Xalqimizda azaldan mehr-muhabbat tuyg‘ulari, xayriya va yaxshilik qilishdek amallar ulug‘lanib, mehrga muhtoj insonlarning ko‘nglini ko‘tarishga harakat qilinadi.
Xususan, Navoiy shahrida joylashgan “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanuvchi bir guruh yoshlarni Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan Nurota ziyoratgohiga tashrifi amalga oshirildi.
Dastavval, mas'ul xodimlar tomonidan bolajonlarga ziyoratda joylashgan tarixiy obidalar to‘g‘risida ma'lumotlar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Ziyorat davomida mehrga muhtoj qalblar “Chashma” ziyoratgohi va undagi dunyoga mashhur majmualar haqida ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘ldi.
Tadbirda yoshlar xalq amaliy san'at va hunarmandchiligi qadimdan rivojlangan Nurota ustalari tomonidan tayyorlangan duradgorlik, temirchilik, chilangarlik, kulolchilik, misgarlik, kashtachilik va boshqa san'at asarlari bilan yaqindan tanishdilar.