Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“MILLIY LIBOSLAR” KO‘RGAZMASI VA “OMAMDAYIN MEHRIBON VATAN” MAVZUSIDAGI MILLIY QO‘SHIQLAR ENG YAXSHI IJROCHISI TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi yoshlar “Maʼnaviyat marafoni” doirasida dast avval milliy xalq o‘yinlarimizdan arqon tortish, milliy kurash, kamondan otish, tosh ko‘tarish, ot sporti kabilardan musobaqalar tashkillashtirildi. Shundan so‘ng barcha “Milliy liboslar” ko‘rgazmasiga taklif etildi. Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakillari, sanʼatkorlar va yoshlar ishtirok etishdi. Milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan “Milliy liboslar” ko‘rgazmasida 10 nafar qizlarimiz respublikamiz viloyatlariga xos bo‘lgan liboslarni namoyish etishdi.

Tadbir “Odamdayin Mehribon Vatan” mavzusidagi milliy qo‘shiqlar eng yaxshi ijrochisi tanlovi bilan davom ettirildi. Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilayotgan xodimlar professional sanʼatkorlardan qolishmagan tarzda jonli ravishda ashulalarni kuyladi. Mutaxassislar tanlov ishtirokchilarini baholar ekan, ularning barchasini isteʼdodli ekanligini taʼkidlashdi. Yakunda “Milliy liboslar” ko‘rgazmasi va milliy qo‘shiqlar eng yaxshi ijrochisi tanlovi bo‘yicha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech