Ochiq eshiklar kuni
O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlarida esa, yurtimiz himoyachilarining ham o‘rni beqiyos.
Shu maʼnoda, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan shu yilning 3-dekabr kuni Buxoro shahar sport kolleji hamda 35-sonli maktabning 200 dan oshiq o‘quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Tadbir davomida, yoshlarning Milliy gvardiya faoliyati bilan tanishishlari uchun harbiy qism bo‘ylab sayohat tashkil etilib, qurol-yorog‘lar hamda harbiy texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sohadagi yutuqlar, xodimlarning sportda va faoliyatda erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.