O‘G‘IRLIKNING OLDI OLINDI
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar temir-beton konstruksiyalar zavodi unitar korxonasidan yashirin ravishda uzunligi 40 metr, umumiy bahosi 1.400.000 (bir million to‘rt yuz ming) so‘m bo‘lgan yuqori elektr toki kabelini olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushbu yo‘nalishda xizmatda bo‘lgan Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasining tezkor guruhi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Ushbu shaxs daliliy ashyolar bilan Qo‘riqlash bo‘limi maʼmuriy binosiga olib kelinib shaxsiga aniqlik kiritilganda, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi 1972 y. t. fuqaro N.I. ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda Yangiyer shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.