Olgan bilim va ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi
Bugungi kunda mamlakatimiz tizimida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida yoshlarning Vatan himoyachisi bo‘lishdek sharafli kasbga qiziqishi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy qismida ham xizmatga kelib o‘z yigitlik burchini ado etib, haqiqiy Vatan himoyachilari bo‘lib yetishgan bir guruh yigitlarning xizmat muddatlari o‘z poyoniga yetib bormoqda. Shu bilan birga muddatli harbiy xizmatchilarga qo‘shimcha tarzda imtiyozlar berilgan bo‘lib kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Test sinovlarining adolatliligi hamda shaffofligi taʼminlandi. Eslatib o‘tamiz, test sinovlarida yuqori ball to‘plagan muddatli harbiy xizmatchilar harbiy qism komandirining imtiyozli tavsiyanomalarini qo‘lga kiritib, oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.