Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Qonundagi yangiliklarni o‘rganamiz va tatbiq etamiz

Respublikamizda o‘qotar qurollar, uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish, pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasini oldini olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini taʼminlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay, bunga oid ayrim masalalar qonuniy yechimini topmay kelayotgandi. O‘qotar qurollar hamda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish borasida huquqiy taʼsir choralarini qo‘llashga doir konstitutsiyaviy tamoyillarini taʼminlash shulardan biri edi. Qonunchilikdagi mazkur kemtiklarni bartaraf etish maqsadida, joriy yilning 27-avgust kuni “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 220 prim. 1-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida” hamda 28-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari qabul qilindi. Unda shaxs o‘z egaligida bo‘lgan noqonuniy pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘z-o‘zini himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda tegishli idoralarga topshirgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinishi qonunan mustahkamlandi. Shuningdek, mazkur kodeksning 185-prim. 1-moddasining yangi tahririga muvofiq, pirotexnika buyumlarini qonunga zid ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, respublika hududidan olib chiqish va olib kirish, o‘tkazish holatlarida qonunbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyatlari va darajasidan kelib chiqqan holda huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. 

Text to speech