O‘QUVCHI YoSHLAR O‘RTASIDA MILLIY GVARDIYA BOSHQARMA BOSHLIG‘INING KUBOGI UCHUN MUSOBAQA O‘TKAZILDI
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, ayni kunlarda ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi ishlarga urg‘u berilmoqda.
Yoshlarni sportga qiziqtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan maqsadli va manzilli ishlar olib borilmoqda. Sport to‘garaklari tashkil etilib, musobaqalar o‘tkazishda tashabbus ko‘rsatib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 13 aprel kuni Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan harbiy-vatanparvarlik sinfi o‘quvchilari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga iliq tilaklar bildirilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda faol ishtirok etgan yoshlar kubok, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.