OT SPORTIGA EʼTIBOR
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan yilqichilik va ot sportini yana-da rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mazkur sport turlarini eng ommaviy turlardan biriga aylantirish, tizimda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning iqtidorli farzandlarini hamda ushbu sportga qiziquvchan yoshlarni saralab, ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash maqsadida bugungi kunga kelib Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, ayni yoz kunlarida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda viloyat Milliy gvardiyasi tomonidan ot sportini rivojlantirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan sport seksiyalari ayni fikrimizning dalilidir.