MAHORAT MASHG‘ULOTLARI TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 18 oktyabr kuni Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan yoshlarni ot sportiga qiziqtirish hamda ularni sportga keng jalb etish maqsadida mahorat darslari tashkil etildi.
Tadbir davomida Vobkent tumanidagi 13-sonli maktab o‘quvchilariga murabbiylar va xodimlar tomonidan ot bilan muomala qilish va otni parvarishlash sir-asrorlari o‘rgatildi.
O‘quvchi yoshlar mazkur tadbir orqali milliy va zamonaviy ot sporti turlariga doir qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.
Bu kabi mahorat mashg‘ulotlari bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga va ot sportiga bo‘lgan qiziqishlarini yana ortishiga xizmat qilmoqda.