Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining tibbiyot xizmatiga qabul qilish yuzasidan EʼLON!
MAXSUS TALABLAR:
Maʼlumoti: oliy, tibbiyot institutlarini davolash ishi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Оʻrta-maxsus, tibbiyot bilim yurtlarini feldsher, hamshiralik ishi, umumiy amaliyot hamshirasi, farmatsevt yoʻnalishlari boʻyicha tamomlagan.
Boʻyi: 178 sm.dan yuqori boʻlishi;
Yoshi: Oliy maʼlumotli nomzodlar - 29 yoshgacha (rezervdagi ofitserlar uchun 39 yoshgacha);
Oʻrta-maxsus maʼlumotli nomzodlar - 29 yoshgacha.
Nomzodlar doimiy yashash joylari boʻyicha Milliy gvardiya hududiy boshqarmalarining kadrlar boʻlimiga murojaat etishlari soʻraladi.