O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 24 iyul kuni Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida tahsil olgan jami 109 nafar Milliy gvardiya, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki Ishlar Vazirligi harbiy xizmatchi va xodimlariga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Kurs davomida tinglovchilarga Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi o‘qituvchilari tomonidan harbiy xizmatchilarning mutaxassisliklari bo‘yicha o‘q otish, balandlik ishg‘ol, ruhiy-jismoniy, jismoniy, aloqa, razvedka, maxsus taktik tayyorgarligi, moddiy-texnik ta’minot tayyorgarligi, modellashtirish va simulyatsiya hamda harbiy muhandislik tayyorgarligi fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi hamda ular xizmat faoliyatlari davomida kerak bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.