O‘ZIMIZ VA YAQINLARIMIZ SOG‘LIGIGA BEFARQ BO‘LMAYLIK
Hanuzgacha koronavirus infeksiyasining turli ko‘rinishlari dunyo hamjamiyati uchun xavf tug‘dirmoqda. Pandemiyaning qachon tugashi hech bir mamlakatga maʼlum emas. Ammo har bir inson o‘zi va yaqinlarini o‘ylagan holda belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish orqali infeksiya tarqalishini oldini olishi mumkin ekanligi barchamizga maʼlum.
Bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda xususan, Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi tibbiyot xodimlari hamda xotin-qizlar qo‘mitasi masʼullari harbiy xizmatchi va xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurib infeksiyaga qarshi kurashishning eng samarali usullari va sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha maʼlumotlar berilmoqda.