PIROTEXNIK VOSITALARINING NOQONUNIY SAVDOSI OLDI OLINDI
Respublikamiz bo‘ylab pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasini oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi, 1995 y.t fuqaro A.A.Ergashev Qirg‘iziston Respublikasidan yuk mashinasida portlovchi pirotexnika vositalarini olib o‘tayotganligi bo‘yicha tezkor maʼlumotlar olingan.
Maʼlumotlarga asosan yuk mashinasi ko‘zdan kechirilganda 8 (sakkiz) dona qutilarga joylashtirilgan, umumiy soni 428 dona “7 Shot” nomli portlovchi pirotexnika vositalarini 400.000 so‘mga olib o‘tganligi aniqlanib, belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi surishtiruv bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.