O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston Djit-Kun-Do Federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
Joriy yilning 9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston Djit-Kun-Do Federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumi imzolandi.
Mazkur uchrashuvda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev va Djit-Kun-Do Federatsiyasi raisi T.Mamadjanovlar ishtirok etib, Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari, shuningdek mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida Djit-Kun-Do sport turini ommalashtirish masallarini muhokama qildilar.
Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalari va taʼlim muassasalarida Djit-Kun-Dohttps://jkdkim.com/ sport to‘garaklarini tashkil etish, ushbu sport turi bo‘yicha respublika hamda xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan isteʼdodli yoshlarni Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilishga jalb qilish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar, markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishi taʼkidlab o‘tildi.