POLVONLARGA ERGASHGAN YОSHLAR
Respublikamiz bo‘ylab yoshlar orasida sportning kurash turini ommalashtirish hamda ularni ushbu sport turiga qiziqishini yana-da oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Milliy Gvardiya Qashqadaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Qamashi tumanidagi “Bolalar va o‘smirlar sport maktabi”da yoshlar uchun sportning kurash turi bo‘yicha mashg‘ulotlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Xuddi shu kabi turli xil sport mashg‘ulotlari maktablarda ham davom ettirilib, tumandagi o‘quvchi va uyushmagan yoshlar to‘garaklarda faol qatnashib kelmoqda.
Milliy gvardiya masʼul xodimlari tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish ishlari davom etmoqda.