O‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam fuqaroning hayotini saqlab qoldi
Joriy yilning 3 noyabr kuni “O‘rikzor” bozori (Toshkent, Uchtepa tumani)da ishchi bo‘lib xizmat qilayotgan 1999 y.t fuqaro B.K. o‘zini yomon his qilib, hushini yo‘qotgan. Mazkur hududga biriktirilgan harbiy xizmatchilar yordamga yetib kelib, “Tez yordam” kelgunga qadar fuqaro B.K. ga birinchi yordam ko‘rsatgan. Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tezkor va malakali harakat qilib, yigitning hayotini saqlab qolgan.
Bemorni tekshirish va to‘satdan hushdan ketish sabablarini aniqlash uchun kasalxonaga olib ketildi.