Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Poytaxtimizda o‘g‘irlik qilib, yashirinishga uringan shaxs kuzatuv kameralari orqali aniqlandi va qo‘lga olindi

Joriy yilning 15 iyun kuni soat taxminan 14:00 da Bektemir tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 40 yoshli fuqaro N.T.dan "Qo‘yliq ulgurji bozori"da nomaʼlum shaxs do‘konidan telefon apparatini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringanligi to‘g‘risida ariza kelib tushdi.

Shundan so‘ng, voqea joyiga zudlik bilan mazkur hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari yetib borib, gumonlanuvchining shaxsi do‘konga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yozuvi orqali aniqlangan va u bozordan qochishga uringan vaqtida qo‘lga olingan.

Qo‘lga olingan shaxs ichki ishlar organlariga olib borilib,shaxsi aniqlanganda fuqaro Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 38 yoshli X.R. ekanligi maʼlum bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Text to speech