Poytaxtimizda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 2 iyun kuni Olmazor tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan 168-modda (Firibgarlik) ning 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Dastlabki surishtiruv ishlarida fuqaro 34 yoshli A.A. ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari Olmazor tumani IIB tomonidan olib borilmoqda.