Poytaxtimizda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlandi
Joriy yilning 01-fevral kuni Toshkent shahri Uchtepa tumani “O‘rikzor” savdo kompleksida hududga biriktirilgan harbiy xizmatchilar soat 11:03 da yuzni tanib oluvchi kameralari orqali tashrif buyuruvchilar orasida tashqi ko‘rinishi jinoyat sodir etganligi uchun qidirilayotgan jinoyatchining tavsifiga mos keladigan fuqaroni payqashdi.
Olingan maʼlumotga asosan, IIO xodimlari bilan hamkorlikda soat 11:20 larda mazkur fuqaro bozor hududida ushlanib, profilaktika inspektori xonasiga olib kelingan va tekshirilganda haqiqatdan ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan ayblanib, 27 yanvardan buyon Olmazor tumani IIB tomonidan qidiruv eʼlon qilingan 27 yoshli fuqaro J.D ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari IIB organi xodimlari omonidan olib borilmoqda.