Davom etayotgan bayramona tadbirlarda, aholimizning yuqori kayfiyati va osoyishtaligi taʼminlanmoqda
Davom etayotgan bayramona tadbirlarda, aholimizning yuqori kayfiyati va osoyishtaligi taʼminlanmoqda
Mamlakatimiz aholisi Yangi 2022 yil kechasini bayramona va yuqori kayfiyatda kutib olishdi.
Toshkent shahrining o‘zida 18 ta va respublikamiz bo‘ylab 256 ta joyda Yangi yil archalari bezatilib, ommaviy bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkillashtirildi. Bayram tadbirlarida jamoat tartibini buzish huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari qayd etilmadi.
Bayramona tadbirlar mobaynida mamlakatimiz aholisining, jamoat tartibini saqlashga masʼul xodimlar talablarini to‘g‘ri qabul qilib, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda, osoyishtaligimizga o‘z xissalarini qo‘shganliklari uchun, Milliy gvardiya qo‘mondonligi o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Shuningdek, davom etayotgan ommaviy tadbirlar tinch va bayromana ruhda o‘tishiga ishonch bildiradi.
Milliy gvardiya va hamkor vazirliklar tomonidan yurtimiz bo‘ylab tashkillashtirilayotgan bayram tadbirlarida, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari davom ettiriladi