PROFILAKTIK ISHLAR SAMARASI
Xorazm viloyatida IIB, DXX, Milliy gvardiya va MV xodimlari hamkorligida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ishchi guruh tomonidan aholi o‘rtasida turli yo‘nalishlardagi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar samarasida Tuproqqalʼa tumani “Hazorasp” MFYda yashovchi 1985 y.t. fuqaro T.Yu. yashab kelayotgan uyining eski devorini taʼmirlayotgan vaqtida, 1979 yilda vafot qilgan marhum bobosi T.Tuvokmurotovdan qolgan, 1 dona Toz rusumli, noaniq seriyali, 2 milli, 16 kalibrli ov qurolini topib, o‘z ixtiyori bilan mazkur ishchi guruh aʼzolariga topshirgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tuman IIBda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.