Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

"Salomatlik uchun 5000 qadam aksiyasi" bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida "Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabati bilan yoshlarda harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuygʻularini shakllantirish, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan "Xalq bilan armiya - bir tanu bir jon" shiori ostida "Salomatlik uchun 5000 qadam" ommaviy piyoda yurish marafoni boʻlib oʻtdi.
Shaharning Alisher Navoiy koʻchasidan Mirzo Ulugʻbek koʻchasigacha boʻlgan masofani Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, Qoʻriqlash xizmati, Ichki ishlar xodimlari va Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va boshqa tarkibiy tuzilmalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan iborat 3000 nafardan ortiq insonlar katta kuch va gʻayrat ila bosib oʻtishdi.
Yurish marafonidan soʻng salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan badantarbiya mashgʻulotlarini olib borishdi. Bu kabi tadbirlar viloyatimizning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Text to speech