Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SAYYOR QABUL – MUAMMO VA YECHIM

Bugungi kunda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini hal qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, kuni kecha Xorazm viloyatida Urganch harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Milliy gvardiya hududiy boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda 15 dan ortiq davlat tashkilotlarining mutaxassislari ishtirokida harbiy xizmatchi va xodimlarning ijtimoiy muammolarini hal qilish yuzasidan ularning oila aʼzolarini bandligini taʼminlashga ko‘maklashish masalalari o‘rganib chiqildi va mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu yarmarkada harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari masʼul xodimlardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Tadbirda jami bo‘lib, 32 nafar fuqaro viloyatda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish uchun murojaat qilgan. Ushbu murojaatlarni qisqa vaqt ichida hal qilish uchun tegishliligi bo‘yicha masʼul idora tashkilotlarga vazifalar yuklatildi va shu yerning o‘zida davlat xizmatlari markazi orqali 6 nafar fuqaroning ijtimoiy masalalari hal etildi, 8 ta murojaatga tegishli soha vakillari tomonidan tushuntirish berilgan bo‘lsa, 18 ta murojaat nazoratga olini, qisqa muddat ichida hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir so‘ngida kitob yarmarkasi tashkil etilib, harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolari o‘zlari qiziqqan badiiy, tarixiy va boshqa kitoblarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Text to speech