QALBAKI PULLARNI MUOMALAGA KIRITGAN SHAXS QO‘LGA TUSHDI
Uchtepa tumanida Milliy gvardiya hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki 6350 AQSH dollari muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.I. qalbaki valyutani muomalaga kiritish maqsadida, fuqaro R. dan “Sigvey” nomli vositani 50 AQSH dollariga sotib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, fuqaro J.I. fuqaro R. dan 58 quti “Orbit” saqichlarini sotib olishda qalbaki 6 300 AQSH dollarini berganligi aniqlanib, jami 6 350 qalbaki AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.