Milliy Gvardiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 135 tup mevali va manzarali daraxtlar etmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi “daraxt ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik” aksiyasida faol ishtirok etish maqsadida Milliy Gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan bo‘lim hududlarida 135 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar hududlar qiyofasini obod etish barobarida, tabiatni asrash, ekologik musaffolikni taʼminlashga ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir.