QING‘IR ISHNI YASHIRIB BO‘LMAS
Joriy yilning 16 fevral kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida olingan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning masʼul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda maxsus xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga Qo‘qon shahrida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro M.B. o‘zining yashash xonadonida 2800 (ikki ming sakkiz yuz) AQSH dollarini 29.540.000 (yigirma to‘qqiz million besh yuz qirq ming) so‘mga sotib noqonuniy ravishda ayiriboshlayotgan vaqtida qo‘lgan olindi.
Ushbu ko‘rsatilgan pul miqdori xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olinib, qonuniy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Departamentning Qo‘qon shahar masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.